Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy dunyodagi eng katta raketani qurmoqchi
Xitoy 2030 yilgacha Long March-9 raketa-tashuvchisini qurmoqchi. Raketaning o‘lchamlari esa uni tarixdagi eng katta raketaga aylantiradi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu raketa Yer atrofidagi orbitaga 130–140 tonna foydali yuk olib chiqa oladi. Bu esa uning eng yaqin raqobatchisi, yuk ko‘tarishi 64 tonnani tashkil qiluvchi Falcon Heavy’nikidan ancha ko‘proqni tashkil qiladi.
Raketaning aniq o‘lchamlari hozircha noma'lum, biroq ma'lum qilinishicha, uning diametri 10 metrgachani tashkil qilishi mumkin. Raketa har birining diametri 5 metrgacha keladigan 4 ta dvigatel bilan jihozlanadi.
Raketaning konstruksiyasi va dasturiy ta'minotini ishlab chiqish bilan Xitoy koinot texnologiyalari akademiyasi shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026