Jahon | 16:02 / 04.07.2018
28406
1 daqiqa o‘qiladi

Qip-qizil qon tusidagi daryo xitoyliklarni qo‘rqitib yubordi

Xitoyliklar Syanbi daryosining birdaniga qip-qizil qon tusiga kirganidan shikoyat qilishdi. Ushbu holat tasvirlangan lavhani Chengdu Business Daily nashri e'lon qildi.

Ushbu hodisa Sichuan provinsiyasidagi Ibin shahrida kuzatildi. Vahimaga tushgan aholi daryo suratga olingan foto va videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarda ulashishdi.

Mahalliy hukumat bu hodisaga qadoq qutilari tayyorlaydigan fabrikadan bo‘yoqlarning oqib ketishi sabab bo‘lganini bildirdi. Fabrika ishchilari bo‘yoq odamlar va tabiatga ziyon yetkazmasligini, u suv asosida tayyorlanishi hamda zaharli moddalar qo‘shilmasligini ta'kidlashmoqda. 

Ekologlar bo‘yoqli suvni filtrlash uchun zudlik bilan uchta to‘g‘on o‘rnatishdi. 

Syanbi daryosi Xitoydagi eng katta daryolardan biri bo‘lgan Yantszi daryosining irmog‘i hisoblanadi.

Mavzuga oid