Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: «Real» Mbappeni rekord narxga transfer qiladi
«Pari Sen-Jyermen» hujumchisi Kilian Mbappe Madridning «Real» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Baptist Ripar o‘z tvitterida xabar qoldirgan.
Riparning so‘zlariga ko‘ra, klublar fransiyalik 19 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. «Real» parijliklarga ushbu futbolchi uchun 272 mln yevro to‘laydi, bu mablag‘ 4 transh orqali amalga oshiriladi. «PSJ» bu futbolchisini sotish orqali feyr-pley muammolaridan qutulishi mumkin.
Shuningdek, Mbappe Madrid klubida shu yozda «Yuventus»ga 100 million yevro evaziga transfer qilinishi kutilayotgan Krishtianu Ronalduning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Bundan avvalroq «Real»ning bosh transfer maqsadi «PSJ»ning boshqa bir futbolchisi – braziliyalik Neymar ekani, madridliklar uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 310 million yevro sarflashga tayyorligi aytilgandi, ammo «Real» rasman bu xabarlarni inkor etib chiqdi.
Yakunlangan mavsumda Mbappe Fransiya chempionatining 28 uchrashuvida maydonga tushib, 13 gol urgan va 8 golga uzatma bergan.
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026