Jahon | 12:08 / 04.07.2018
18207
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Xitoyda ko‘chki va surunkali yomg‘irlardan so‘ng yo‘l quladi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida noqulay ob-havo tufayli yo‘l quladi. Ushbu voqea aks etgan videoda yo‘lning 50 metrlar keladigan qismi asta-sekinlik bilan qulaganini ko‘rish mumkin. 

Hodisa ro‘y bergan Guang'an shahrida surunkali yomg‘ir yog‘ishi sabab tog‘ ko‘chkilari ro‘y bergan edi. Tog‘ ko‘chkisi ro‘y berishi boshlangan vaqtda mahalliy hokimiyat vakillari yo‘lni yopib qo‘yishgan va yo‘l qismini odamlardan xoli qilishga muvaffaq bo‘lgan. Buning natijasida garchi ko‘chki yo‘lni to‘sib qo‘ygan va yo‘lning qulashiga olib kelganiga qaramay, odamlar orasida qurbonlar kuzatilmagan. 

Ta'kidlanishicha, Xitoyning janubiy mintaqalarida yomg‘ir mavsumi davom etayotgani tufayli bu hodisa birinchi marta ro‘y bergan falokat emas.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid