Jahon | 11:54 / 04.07.2018
9822
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada haftalik ish vaqti 52 soatgacha qisqartirildi

Foto: Yonhap News

Janubiy Koreya haftalik ish vaqtini 68 soatdan 52 soatgacha tushirdi. Ishchilarning vaqtini ish bilan o‘tkazishni qisqartirish bo‘yicha 1 iyuldan kuchga kirgan qonun loyihasini Milliy Assambleya yakdillik bilan qo‘llab-quvvatladi. Qonun talablari dastavval 300dan ortiq ishchisi bo‘lgan kompaniyalarga joriy etiladi. Kichik korxonalar 2020-2021 yillardan e'tiboran ushbu qonun talablariga rioya etishni boshlaydi.

Umuman, J.Koreya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga a'zo 37 davlat orasida haftada eng ko‘p ish soatiga ega 3ta davlatdan biri hisoblanadi. Janubiy koreyalik ishchi 2017 yilda o‘rtacha 2,024 soat ishlagan. Bu haftasiga 38.9 soatdir. 

Bu borada Meksika ko‘rsatkichi ancha yuqori. Bu yerdagi ishchi 2017 yili o‘rtacha 2,257 soat (haftasiga 43,4 soat) ishlagan. Kosta-Rika yillik 2,179 ish soati bilan (haftasiga 41,9 soat) ikkinchi o‘rinda. Germaniya yoki Daniyada bu ko‘rsatkich tegishli ravishda yillik 1,356 va 1,408 soatni tashkil etadi. Bu mamlakatlar fuqarolari 2017 yili haftasiga 26 va 27 soat ishlaganini anglatadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid