Xitoy AQSh butun dunyoga qarata “o‘t ochganini” bildirdi
AQSh tomonidan oshirilgan bojlarning kiritilishi global ishlab chiqarishga zarba, butun dunyoga va AQShning o‘ziga qarata o‘t ochish bo‘ladi, dedi Xitoy tijorat vazirligining rasmiy vakili Gao Fen.
“AQShning harakatlari global ishlab chiqarish zanjiriga zarba bo‘lib tushadi. AQSh butun dunyo bo‘ylab va o‘ziga qarata o‘t ochmoqda”, — dedi Gao Fen brifingda.
U “agar AQSh bojxona to‘lovlarini joriy etadigan bo‘lsa, bu to‘lovlar Xitoy va boshqa davlatlar kompaniyalariga, shuningdek, Amerika kapitali bilan ishlaydigan korxonalarga tegishli bo‘lishini” bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh 15 iyunda Xitoyning yiliga 50 milliard dollarlik importiga nisbatan 25 foizlik kirish boji to‘lovlarini joriy etdi. 6 iyuldan boshlab AQSh chegara va bojxona xizmatlari tomonidan Xitoydan keladigan barcha mahsulotlar uchun boj to‘lovi olinadi. Xitoy ham, o‘z navbatida, AQShdan import qilinadigan 50 milliard dollarlik 659 nomdagi mahsulotga nisbatan 25 foizlik boj to‘lovi kiritishini e'lon qildi.
Mavzuga oid
12:30
AQSh Su-35'ning Alyaska yaqinidagi «xavfli manyovri»ni tanqid qildi
23:47 / 01.10.2024
Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga yordam berishni buyurdi
21:19 / 01.10.2024
Eron yaqin orada Isroilga ballistik raketalar bilan hujum qilishi mumkin – OAV
20:41 / 01.10.2024