Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravshan Ermatov: «Guruhimiz ishi inspektorlar tomonidan yaxshi baholandi»
Bugun FIFA jahon chempionatida qolgan o‘yinlarni boshqarish uchun nomzod bo‘lgan hakamlar ro‘yxatini e'lon qildi.
Afsuski, bu ro‘yxatdan hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning guruhi joy olmadi. Ma'lum bo‘lishicha, Ravshan Ermatovning yordamchisi Abduhamidullo Rasulovning eski jarohati bezovta qila boshlagan. Natijada, Ermatov guruhi o‘yinlarda ishlay olmasligi oydinlashgan.
O‘FA sayti Ravshan Ermatov bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.
«Jahon chempionatlarida 11ta o‘yinni boshqarib rekord o‘rnatganim bilan FIFA rahbarlari tabriklashdi. Aslida, meni ko‘proq xursand qiladigan narsa bu shaxsiy rekord emas, balki jahon chempionatlarida eng ko‘p o‘yinda ishlagan hakamlar ro‘yxatini o‘zbekistonliklar boshqarib turishidir. Bu holatdan faxrlanaman.
Jahon chempionati biz uchun yaxshi o‘tdi, mashg‘ulotlarda faol qatnashdik. Bizga 2ta o‘yinni topshirishdi: Argentina – Xorvatiya va Ispaniya – Marokash. O‘yinlar kutilgandek oson bo‘lgani yo‘q, Xudoga shukur, ushbu o‘yinlarni qo‘pol xatolarsiz, yaxshi o‘tkazdik. Inspektorlar o‘yindan keyin: «Bunday qiyin bahslarda 3-4 ta qizil kartalar bo‘lib ketadi, deb o‘ylagandik, lekin sizlar qizil kartalarsiz va jarohatlarsiz adolatli boshqardingiz», - deb, ishimizni yaxshi baholashdi.
Keyingi o‘yinlarga tayinlanmaganimiz sababi - Abduhamidullo Rasulovning tizzasidan olgan eski jarohati yana bezovta qilishni boshladi. Ushbu jarohat unga to‘liq harakat qilishga va maydonga chiqishga imkoniyat bermadi. Jahon chempionatida vaqt qisqa, to‘liq tiklanish esa ko‘p vaqtni talab qiladi.
Jahon chempionati sport olamidagi eng katta musobaqalardan hisoblanadi va uning ishtirokchisi bo‘lishni o‘zi millionlab futbol sohasida ishlayotgan insonlar orzusidir. Biz sababchi bo‘lib vatanimiz nomi shu jahon chempionatida yangragani va orzumizning ushalgani biz uchun katta baxt!» - dedi Ermatov.
Mavzuga oid
22:37 / 12.10.2025
Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:16 / 06.10.2025
«Yarmining yarmi ham emas» – Kannavaro bilan kelishuvning ayrim tafsilotlari ma’lum qilindi
12:23 / 25.04.2025
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
15:21 / 26.02.2025