O‘zbekiston | 12:30 / 06.07.2018
10324
1 daqiqa o‘qiladi

Agrobank islomiy moliyalash bo‘yicha kelishuvga erishdi

Foto: Agrobank

“Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Agrobank va Xususiy sektorni Rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi o‘rtasida 10 million AQSh dollari miqdorida islomiy moliyalash liniyasi bo‘yicha kelishuv imzolandi.  

Eng e'tiborli jihati shundaki, ushbu mablag‘lar islom shariati qoidalari asosida tadbirkorlik sub'yektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 5 yil muddatgacha yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.  

Tadbirda tomonlar kelgusida qo‘shimcha moliyalash liniyasini jalb qilish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish borasida ham kelishib olishdi. 

Endilikda ushbu mablag‘larni olish uchun  tadbirkorlik sub'yektlari bank filiallariga murojaat etishlari mumkin.

Agrobank  Matbuot xizmati

Mavzuga oid