Jahon | 07:36 / 07.07.2018
10515
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va BAA viza tartibini bekor qilishga kelishib oldi

Foto: Depositphotos

Birlashgan Arab Amirliklari va Rossiya o‘zaro viza talablarining bekor qilinishi haqida kelishuv imzoladi. 
 
“Bu turistik oqim va biznes uchun qo‘shimcha qulay sharoitlarni yaratadi”, deb aytgan Rossiya savdo-sanoat vaziri Denis Manturov. Uning aytishicha, viza cheklovlarining bekor qilinishi davlatlarning turistik va biznes aloqalarini mustahkamlaydi.

Manturov 2017 yilda BAAga 750 mingdan ko‘proq rossiyalik borganini, bu 2016 yildagiga nisbatan 2 marta ko‘proqni tashkil qilganini ma'lum qilgan.

Rossiyalik sayyohlarning BAA iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasi 2,3 mlrd dollarga baholangan. 

Ta'kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston va BAA o‘rtasida soddalashtirilgan viza tartibi amal qiladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid