Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya yarim finalda! 28 yil ichida ilk marta
Rossiyada jahon chempionati pley-off bosqichi o‘yinlari davom etmoqda.
Chorakfinalda Angliya va Shvetsiya bellashdi. Samaradagi «Samara Arena» stadionida kechgan uchrashuv inglizlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollar Maguayr va Dele Alli hisobiga yozildi. Har bo‘limda bittadan gol urgan inglizlar ishonchli g‘alaba bilan yarimfinalga yo‘l olishdi.
Angliya 1990 yildan buyon ilk marta, o‘z tarixida esa uchinchi marta jahon chempionati yarim finaliga yo‘l olmoqda. JCh-1990 turniri yarim finalida angliyaliklar GFR termasiga yutqazgandi (1:1, 3:4 penaltilar bo‘yicha), 1966 yili esa Angliya o‘z tarixidagi yagona jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
JCh-2018 yarim finalida Angliya 11 iyul kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida Rossiya — Xorvatiya juftligiga qarshi o‘ynaydi.
JCh-2018, 1/4 final
Shvetsiya – Angliya 0:2
7 iyul, «Samara-Arena»
Gollar: 0:1 – 30 Maguayr, 0:2 – 58 Alli.
Shvetsiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft (Yansson, 85), Grankvist, Larsson, Klasson, Ekdal, Forsberg (Olsson, 65), Toyvonen (Gvidetti, 65), Berg.
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Yang, Maguayr, Alli (Delf, 77), Lingard, Sterling (Reshford, 90), Xenderson (Dayyer, 85), Tripper, Keyn.
Ogohlantirishlar: Maguayr (87), Gvidetti (88).
Mavzuga oid
02:08 / 11.12.2022
JCh-2022. Fransiya Angliyani mag‘lubiyatga uchratib, yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi
02:00 / 05.12.2022
JCh-2022. Angliya Senegalni yirik hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi
02:13 / 30.11.2022
JCh-2022. Angliya Uelsni, AQSh Eronni mag‘lub etib 1/8 finalga yo‘llanma oldi
02:42 / 26.11.2022