Jamiyat | 12:10 / 08.07.2018
25043
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda ayol o‘z erini pichoqladi

2018 yil iyun oyining 29-kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Shofirkon tumanida ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sud majlisida o‘z erining joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qildi.

Voqea quyidagicha sodir bo‘lgan. N.Asadova (ism-shariflar o‘zgartirilgan), 2018 yilning 22 mart kuni, soat taxminan 19:00larda turmush o‘rtog‘i S.Karimov bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchiliklari natijasida janjallashib qolishadi. Janjal vaqtida N.Asadova qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan S.Karimovning ko‘krak qafasi chap tomon qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘yicha 3-4-qovurg‘alari orasiga qasddan urib, hayoti uchun xavfli bo‘lgan qasddan badaniga og‘ir shikast yetkazgan.

N.Asadova O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga shu moddaga asosan JKning 57-moddasini qo‘llab, 1 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid