Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOdagilar Tramp va Putin uchrashuvidan xavotirda
Foto: TASS
11-12 iyul kunlari Bryusselda bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti tashkilotchilari Xelsinkidagi Rossiya-Amerika muzokaralari Yevropa xavfsizligiga salbiy ta'sir qilishi mumkinligidan xavotirdalar. The Sunday Telegraph shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Shimoliy Atlantika alyansi sammitiga tayyorgarlik jarayonida ishtirok etayotgan yuqori lavozimli amaldorlar AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan "Yevropadagi xavfsizlik landshaftini qayta shakllantirish"ga doir muzokaralarni boshlashidan tashvishdalar, bunga NATO mamlakatlarining "Trampning alyans normalariga muvofiq mudofaa sohasi xarajatlari oshishi to‘g‘risidagi talablarini qondirishdan voz kechishlari" sabab bo‘lishi mumkin.
Ta'kidlashicha, agar Buyuk Britaniya va Yevropaning boshqa mamlakatlari mudofaa xarajatlarini oshirish majburiyatini olmasa, Donald Tramp AQSh harbiylarini Ukrainadan olib chiqish va NATOning qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida Amerikaning ishtirokidan voz kechish bilan tahdid qilishi mumkin.
Mavzuga oid
13:56 / 28.02.2026
iPhone va iPad NATOning maxfiy ma’lumotlari bilan ishlashga ruxsat oldi
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
11:57 / 24.02.2026
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
12:07 / 23.02.2026