Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda g‘orda qamalib qolgan bolalarni qutqarish operatsiyasi boshlandi
Foto: Sport Ekspress
Tailand shimolidagi Txam Luang g‘orida qamalib qolgan 12 nafar maktab o‘quvchisi va ularning murabbiyini qutqarish operatsiyasi boshlandi, deb ma'lum qildi qutqaruv operatsiyasi shtabi boshlig‘i Narongsak Osottanakon.
Uning aytishicha, mahalliy vaqt bilan soat 10da (Toshkent vaqti bilan 8) xorijlik va tailandlik 13 nafar g‘avvosdan iborat jamoa hamda besh nafar tajribali suzuvchi g‘orga yo‘l olishgan. Txam Luang g‘ori oldidagi maydonda 13ta tez yordam mashinasi shay holatda turibdi.
Mahalliy futbol jamoasining o‘n ikki nafar yosh a'zosi va ularning murabbiyi 23 iyun kuni yo‘qolib qolgandi. Ular uzunligi yetti kilometrli Txam Luang g‘ori ichiga kirishgan va suv toshqini oqibatida ichkarida qolib ketishgan. Qidiruv operatsiyasi 10 kun davom etdi.
G‘ordan chiqish yo‘lining besh kilometrli qismi suv bilan to‘lib qolgani ichkaridan chiqishga to‘sqinlik qilmoqda. Avvalroq g‘orda qamalib qolganlarni qutqarish bo‘yicha SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask taklif bergandi.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
17:32 / 15.04.2026
Ilm-fan uchun jonini xatarga qo‘ygan olim – fransiyalik geolog chuqur g‘orda yolg‘iz yashab qanday kashfiyotlar qilgandi?
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
11:44 / 12.03.2026