Ilon Mask vakillari Tailand hukumatiga ğorda qolib ketgan yoş futbolçilar va ularning murabbiyini qutqarişda öz yordamlarini taklif qilişdi. Bu haqda Maskning matbuot kotibiga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, uşbu masala yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda, biroq Tailand rahbariyati qanday qarorga kelgani noma'lum. 

Mask kompaniyasi Space Exploration Technologies Corp. kompaniyasining navigatsiya qurilmalarini qöllagan holda ösmirlarning ğordagi aniq joyini aniqlaşda yordam berişi mumkin. Şuningdek, Mask Boring Co. kompaniyasining suv tortib oluvçi tizimlarini va Tesla Powerwalls akkumulyatorlarini taqdim qilişi mumkin. 

Iyun oxirida bolalar futbol jamoasi a'zolari murabbiyi bilan birgalikda mamlakat şimolidagi Kxao Luang ğorida yöqolib qolgandi. Ösmirlar kuçli yomğir oqibatida ğorga kiriş joyi suv ostida qolgani sababli ğordan çiqişa olmagan. Qutqaruvçilar ğorga kirib ularni aniqlaşgan, biroq ularga suv kamaygungaça 4 oy ğorda ötirib turişlariga töğri kelişini aytişgan.

Foto: AFP