Jahon | 23:27 / 08.07.2018
25678
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada yirik YTH: 10 kishi halok bo‘ldi, 73 nafari jarohatlandi

Turkiyaning Tekirdog‘ provinsiyasidagi Chorlu tumanida yo‘lovchi poyezdi vagoni relsdan chiqib, ag‘darildi. "Anadolu" agentligida keltirilishicha, poyezd Kapikule-Istanbul yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan.

Foto: aa.com.tr/ru

Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ayub Gmyushning xabar berishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTH natijasida 10 kishi halok bo‘lgan, 73 nafari jarohatlangan.

Foto: aa.com.tr/ru

Voqea ro‘y bergan joyga tez tibbiy yordam brigadasi yetib kelgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar talaygina.

Manbada yozilishicha, YTH sabablari hozircha noma'lum.

Foto: aa.com.tr/ru

"Jarohat olganlar ko‘p. Hudud o‘tish qiyin bo‘lgan joy bo‘lgani uchun tumanga maxsus texnika jalb qilingan. Jarohatlanganlarning aksariyati voqea joyidan evakuatsiya qilingan. Fojia sel yomg‘irlari natijasida ro‘y bergan, degan taxminlar bor. Tez orada vazirlik voqea yuzasidan rasmiy bayonot bildiradi", - dedi Tekirdog‘ gubernatori. 

Turkiya hukumati Tekirdog‘dagi temir yo‘l fojiasi natijasida ko‘p sonli qurbonlar va jabrlanganlar haqidagi xabarni tasdiqladi. 

Foto: aa.com.tr/ru

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va bosh vazir Binoli Yildirim voqeadan xabardor.

Jarohatlanganlar evakuatsiyasi uchun tumanga harbiy vertolyotlar yo‘llangan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid