Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ayollarga notarius sifatida ishlashga ruxsat berildi
Saudiya Arabistonida ilk ayol-notariuslar faoliyat yurita boshladi. Bu haqda qirollik adliya vazirligiga iqtibos keltirgan holda “Axbor24” yangiliklar portali ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, adliya vazirligi 9 iyulda 12 ayolga notarius bo‘lib ishlash uchun litsenziya bergan. Ta'kidlanishicha, qirollikda bunday litsenziyaga 1,3 ming kishi ega.
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon tomonidan uning o‘g‘li Muhammad bin Salmon valiahd shahzoda etib tayinlangandan keyin dunyodagi eng konservativ davlatda ayollarning huquqlari va erkinliklari bilan bog‘liq islohotlar boshlandi. Ushbu islohotlarga ko‘ra, qirollik ayollari tarixda birinchi marta avtomobil haydash, ommaviy sport tadbirlariga tashrif buyurish, armiya va politsiyada xizmat qilish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026