Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda metallni qayta ishlashga ixtisoslashgan yuqori texnologiyali zavod ochiladi
12 iyul kuni Toshkent shahrida metallni qayta ishlashga ixtisoslashgan yuqori texnologiyali «MetalProcessing» MChJ zavodining ochilishi bo‘lib o‘tadi. "O‘zto‘qimachiliksanoat" assotsiatsiyasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Loyiha O‘zbekiston Respublikasi hukumati, "O‘zto‘qimachiliksanoat" assotsiatsiyasi, Iqtisodiyot vazirligi va boshqa idoralarning qo‘llab-quvvatlashi ostida amalga oshirilmoqda.
"O‘zbekistonda metallni qayta ishlashga doir loyihani ishga tushirish tekis metall ishlab chiqarish yangi davrining boshlanishini bildiradi. Bu - nafaqat respublikada Rieter mashinalarini mahalliylashtirish sari muhim qadam, balki O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi zamonaviy metallni qayta ishlash sanoati rivojiga muhim hissa hamdir", - deyiladi "O‘zto‘qimachiliksanoat"da.
Mahalliylashtirish dasturini ijro etish va "O‘zto‘qimachiliksanoat" assotsiatsiyasi importini qisqartirish maqsadida Rieter AG kompaniyasi bilan hamkorlikda Shveytsariya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilinmoqda. Delegatsiyaga Shveytsariya Federal iqtisodiyot, ta'lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Iogann Shnayder-Amman boshchilik qiladi.
O‘zbekiston tomondan yangi zavod ochilishida Vazirlar Mahkamasi, "O‘zto‘qimachiliksanoat" assotsiatsiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
09:02 / 29.05.2026