Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Ozarboyjon prezidentlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi
Bokuda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Erdo‘g‘anni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev kutib olgan. Turkiya prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.
Ozarboyjon davlati va hukumati vakillari Erdo‘g‘anga, Turkiya delegatsiyasi a'zolari esa Aliyevga tanishtirilganlar.
So‘ngra Aliyevning “Zagulba” qarorgohida ikki yetakchi o‘rtasida birga-bir formatda uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Erdo‘g‘an va Aliyev Turkiya hamda Ozarboyjon o‘rtasidagi aloqalarning barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta'kidlab o‘tishgan. Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar va o‘zaro manfaatga ega boshqa masalalar bo‘yicha fikrlar almashishgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026