Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi qiyofadagi Jasorat maydoni foydalanishga topshirildi (suratlar)
1966 yilning 26 aprelida Toshkent shahrida yuz bergan kuchli zilzilani aks ettiruvchi Jasorat maydoni tubdan ta'mirlandi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmati shu haqidagi yangiligi va suratlari bilan bo‘lishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalq qabulxonalariga aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, talab va istaklarni inobatga olib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta ta'mirlangan ushbu maydon 10 iyul kuni foydalanishga topshirildi.
Rafiqasi va farzandlarini zilziladan himoya qilayotgan erkak aks ettirilgan monument atrofidagi maydon obodonlashtirilib, xushbo‘y gullar ekildi, zamonaviy yoritgichlar hamda qulay o‘rindiqlar o‘rnatildi.
Shu tarzda poytaxt aholisi oilaviy hordiq chiqarishi mumkin bo‘lgan diqqatga sazovor maskanlar soni yana bittaga ko‘paydi.
"Farzandlarim bilan qayta ta'mirlangan Jasorat maydonida sayr qilib yuribmiz. Bu yerda oilaviy hordiq chiqarish uchun yaratilgan sharoitlar bizni quvontirdi. Hammadan ham bolalar xursand. Negaki endi miriqib sayr qilish mumkin bo‘lgan xushmanzara go‘shalar soni yana bittaga ko‘paydi. Ushbu maydonni aholi foydalanishi uchun qisqa muddatda ta'mirlab bergan mutasaddilarga minnatdorchilik bildiraman, oilam bilan duo qilamiz”, — deydi farzandlari bilan maydonda sayr qilayotgan yurtdoshimiz Shahlo Sattorova.
Yozning jazirama kunlari shahrimiz aholisini ushbu so‘lim go‘shaga sayr qilishga taklif etamiz, deyiladi hokimlik xabarida.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026