Jamiyat | 19:53 / 11.07.2018
4020
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzorda muqaddam sudlangan erkak o‘z qarindoshining mashinasini o‘g‘irladi

Illyustrativ foto

Uchtepa tumanida transport vositasi olib qochildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 9 iyul kuni soat 02.31da Chilonzor tumani 24-daha, 55-ko‘p qavatli uyda yashovchi I.T.ga tegishli «Volga 31029» rusumli avtomobil shu uyning oldidan o‘g‘irlab ketilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyat tezda fosh etildi. Avtomobil o‘g‘risi begona emas, jabrlanuvchining qarindoshi bo‘lib chiqdi. 1977 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, shu uyda yashovchi R.Y. mashinaning ochiq va qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, o‘z o‘rnida turgan kalit yordamida o‘t oldirib, voqea joyidan yashiringan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan R.Y.ga nisbatan hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid