21:07 / 11.07.2018
4594

Tramp Merkel bilan mudofaa xarajatlari haqida gaplashib oldi

© REUTERS / Kevin Lamarque

AQSh prezidenti Donald Tramp va Germaniya kansleri Angela Merkel mudofaa xarajatlari va savdo masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda «Ria Novosti» xabar bermoqda.

Uchrashuv Belgiya poytaxti Bryussel shahrida 11-12-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti doirasida tashkillashtirildi. Donald Tramp Germaniya bilan savdo aloqalarining kengayishiga umid bildirdi.

«Biz savdo haqida gaplashdik. Kantsler bilan munosabatlarimiz juda yaxshi, Germaniya bilan ajoyib aloqalarga egamiz... Aminmanki, o‘rtamizdagi savdo hajmi yanada ortadi», deya uchrashuv yakuni haqida bayonot berdi Tramp jurnalistlarga. Shuningdek, u Merkel bilan mudofaa xarajatlarini ham muhokama qilganini aytib o‘tdi.

AQSh prezidenti bir necha marta alyans davlatlarini 2014 yilda Buxarestda imzolangan YaIMning 2 foizini mudofaaga ajratish to‘g‘risidagi kelishuv shartlarini bajarishga chaqirgan. Aks holda, a'zo davlatlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha umumiy dasturlarda AQSh ishtirokini kamaytirish bilan tahdid qilib keladi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning NATO sammitiga ishtirok etish uchun Bryusselga tashrif buyurgani xabar qilingan edi.

Mavzuga oid
Top