Jamiyat | 03:36 / 14.07.2018
22444
2 daqiqa o‘qiladi

Johnson&Johnson 22 nafar ayolga 4,7 mlrd dollar to‘lab beradi

Foto: AP

AQShning Missuri shtati Sent-Luis shahri qasamyod qilgan maslahatchilar sudi Johnson&Johnson korporatsiyasini Baby Powder bolalar upasidan foydalanishganidan so‘ng tuxumdonlar saratoniga uchraganini ta'kidlagan ayollarga 4,69 milliard dollar kompensatsiya to‘lash haqida qaror chiqardi, deb xabar beradi St.Louis Post-Dispatch.

Sud majlisi davomida 22 nafar ayolning da'vosi ko‘rib chiqildi, ulardan 6 tasi saraton tufayli vafot etgan bo‘lib, ayollarning qarindoshlari tomonidan sudga da'vo arizasi kiritilgan. Ularning barchasi onkologik kasallik upa tarkibiga kiruvchi asbest tufayli kelib chiqqanini ta'kidlashgan.

Sud da'vogarlarga moddiy zarar uchun 550 million dollar, ma'naviy zarar uchun 140 million dollar to‘lash haqida qaror chiqardi.

Johnson&Johnson korporsiyasidagilar «sud qaroridan nihoyatda taajjubga tushishgani»ni e'lon qilishdi va apellyatsiya berishlarini ta'kidlashdi.

Bu korporsiyaga qarshi birinchi ayblov emas. Ilgari bolalar upasidan 1950 yildan 2016 yilgacha foydalangan amerikalik ayol ham Johnson & Johnson ustidan sudga murojaat qilgan edi.

Bir necha yil avval unga tuxumdonlar saratoni tashxisi qo‘yilgan, shunda ayol kasallik «talkning asossiz xavfli va sifatsiz xossasi natijasi» degan xulosaga kelgan. Avvaliga sud uning tarafiga o‘tib, korporatsiyaga 417 million dollar to‘lash majburiyatini yuklagan, biroq yuqori instansiyadagi sud bu qarorni bekor qilgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid