O‘zbekiston | 13:54 / 14.07.2018
8461
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Makronni Bastiliya ishg‘ol etilgan kun bayrami bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 iyul kuni prezident Emmanuel Makronni Fransiya milliy bayrami – Bastiliya ishg‘ol etilgan kun munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 Eslatib o‘tamiz, har yili 14 iyul kuni Fransiyada milliy bayram - Bastiliya ishg‘ol etilgan kun (La Fête Nationale / Bastille Day) yoki 1880 yilda asos solingan 14 iyul kuni (fr. Le Quatorze Juillet) keng nishonlanadi.

Bayram tantanalari butun Fransiya bo‘ylab o‘tkaziladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid