Light | 15:31 / 14.07.2018
16759
4 daqiqa o‘qiladi

«Rahbar hamma narsani bila olmaydi»

Foto: Zack Garlitos

6 iyul 2018 yil

Doimiy ravishda o‘zgarib borayotgan sohada 107 yil faoliyat yuritish mobaynida IBM ko‘p marta yangi texnologik yangiliklarga moslashishiga to‘g‘ri kelgan. Bugun kompaniya yana o‘zgarmoqda: uning mijozlari SaaS bulutli yechimlariga o‘tishadi. Yetakchilikni rivojlantirish bo‘yicha IBM direktori Jyeyson Truxilo bilim olishning “mediatorlik” uslubi firmada o‘zgarishlar o‘tkazishga qanday yordam berishi haqida gapirib berdi. Bu suhbatdan olingan qisqacha ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Nima uchun aynan hozir o‘zgarishga qaror qildingiz?

IBM madaniyatning o‘zgarishi biznesni qayta shakllanishi bilan parallel ravishda sodir bo‘lyapti: bugun kompaniya daromadlarining deyarli yarmi olti yil avval biz ishlamagan sohalardan kelmoqda. Biz dizayn-fikrlash va moslashish modeli uslublarini to‘liq qabul qildik. Endilikda o‘zgacha ishlayapmiz: jamoa mijozlarimiz uchun maksimal qadriyatlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Har bir xodim nimadadir mediator bo‘lishi lozim. Biz doimiy ravishda o‘zaro ustozlik sharoitlarini yaratyapmiz.

Bunday yondashuvning afzalliklari nimadan iborat?

U bozor talablariga javob beradi. An'anaviy ravishda xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha jamoalar o‘z ishining mohiyatini qandaydir yangi dasturlarni “chiqarishda” ko‘radilar. Yangicha yondashuv esa odamlar o‘zlariga kerakli ko‘nikmalarni o‘zlari izlashlariga diqqatni qaratadi. Bu arzon va tezkor. Misol uchun siz 370 mingta xodimning bariga qandaydir trening uyushtirishni istaysiz. Bu ko‘p va katta xarajatlarni talab etadi. Agar xodim bilimni hamkasbidan olsa, u ko‘proq narsani xotirasida saqlab qoladi, muhimi biroz vaqt o‘tgach, bilim o‘z-o‘zidan tarqalishni boshlaydi.

Xodim hamkasblaridan qay birida zaruriy bilimlar mavjud ekanini qanday aniqlaydi?

Biz Coach.me platformasini yaratdik, u yerda odamlar o‘z ehtiyojlari va tayyor yechimlar to‘g‘risida ma'lumot berishadi. Agar biror kishiga qandaydir yangi ko‘nikma, masalan texnik yo‘nalishda muayyan kodni yozishga oid ma'lumot kerak bo‘lsa, platforma unga yordam bera olishi mumkin bo‘lgan hamkasblarni tanlab beradi. Shu yo‘l bilan odamlar o‘z ta'limini nazorat qilishni boshlaydi. Qo‘shimchasiga u Your Learning raqamli ta'lim platformamizga biriktirilgan.

Xodim o‘ziga tanish bo‘lmagan hamkasbni o‘qitish uchun nimaga vaqt sarflashi lozim?

Bu ish samaradorlilikni baholashga kiradi. Biz besh ko‘rsatkichga e'tibor beramiz: biznes-natijalar, mijozlar muvaffaqiyati, innovatsiyalar, hamkasblar oldidagi mas'uliyat va ko‘nikmalar. O‘zaro yordam – IBMning rivojlanish yo‘li ekanini tushuntiramiz.

Ustozlikni oddiy xodimga topshirish menejyerlar qo‘l ostidagilarining rivojlanishini kuzatmasligi ehtimolini yuzaga keltirmaydimi?

Biz ularga bunday qilishlariga ruxsat bermaymiz. Aytaylik, men jamoamning muvaffaqiyati uchun bevosita javobgarman. Men ishga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va doimiy ravishda bilim olish bo‘yicha shaxsiy namuna ko‘rsatishga majburman. Bosh direktorimiz Jinni Rometti buni juda aniq izohlaydi: IBMda muvaffaqiyatga erishish uchun bozor tomonidan berilayotgan tezlikda o‘qib, zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lish lozim. Uni kompaniyaning turli qismlaridan olish kerak – hech bir menejyer hamma narsani bila olmaydi.

 

Mavzuga oid