Jahon | 12:30 / 15.07.2018
7919
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada toshqinlar qurbonlari soni oshishda davom etmoqda

Yaponiyada kuchli yomg‘irlar va ular oqibatida yuzaga kelgan toshqin va ko‘chkilar qurbonlari soni 216 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatning bosh politsiya boshqarmasi xabar qildi.

Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv amaliyoti davom etmoqda. 26 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.

Yaponiyada iyul oyi boshida kuchli yomg‘irlar ortidan toshqinlar kelib chiqdi.  Ayrim hududlarda yer sathini 1 metr balandlikda suv qopladi. Yaponiyadagi 47 prefekturadan 31tasida yuz bergan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 160ta uy butkul vayron bo‘lgan, 700ga yaqini jiddiy shikastlangan, 25 mingdan ortiq uy suv ostida qolgan.  
Jami bo‘lib 5,9 million kishi evakuatsiya haqida ogohlantirilgan. Uylariga qaytish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan qariyb 6 mingga yaqin kishi maxsus evakuatsiya markazlarida qolmoqda.

Butun Yaponiya bo‘ylab kuchli jazirama bo‘layotgani vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqda – termometr ko‘rsatkichi ertalabdan 30 darajadan baland haroratni ko‘rsatmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid