Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda talaba qiz texnika xavfsizligini o‘rganish chog‘ida halok bo‘ldi
Hindistondagi kollejlardan birida o‘qiydigan talaba favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam ko‘rsatish va o‘zini tutish qoidalarini o‘rganish chog‘ida halok bo‘ldi. 19 yoshli qiz balkondan pastda kursdoshlari tutib turgan brezentga sakrashi lozim edi, ammo u boshi bilan pastki qavat balkoniga urilgan va kasalxonaga yetmasdan vafot etgan. Hodisa videoyozuvi YouTube portalidagi Hindustan Times kanalida joylashtirilgan.
Lavhada u uchinchi qavat balkoni tomida pastga sakrashga jazm qilmagani, ammo murabbiy uni itarib yuborgani aks etgan.
RT nashri xabar berishicha, tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi xodimi sifatida ishlagan pedagog aslida boshqarmaga umuman aloqasi yo‘qligi aniqlangan. U 2011 yildan buyon turli o‘quv yurtlarida bir yarim ming martaga yaqin ana shunday mashg‘ulotlar o‘tkazgan. U hibsga olingan bo‘lib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:26 / 07.02.2026
Eng ko‘p guruch iste’mol qiladigan mamlakatlar ma’lum qilindi
12:27 / 06.02.2026
O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi
15:33 / 05.02.2026