Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI va Xitoy JSTni isloh qilmoqchi
Foto: Xu Jinquan/Xinhua
Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning ma'lum qilishicha, Yevroittifoq va Xitoy Jahon savdo tashkiloti (JST)ni isloh qilish masalasi bo‘yicha qo‘shma guruh tashkil etishga kelishib oldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Men YeI va Xitoy Jahon savdo tashkilotini isloh qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma guruh tashkil etishga kelishib olgani haqidagi yangilikni olqishlayman. Gap nafaqat guruh tashkil qilish, balki natijalarga erishish haqida ham boryapti», - dedi Yunker.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Jahon savdo tashkilotiga AQSh bilan «yomon munosabatda bo‘lgani uchun» javob harakatlari borasida tahdid qilgandi.
AQSh savdo vaziri Uilbur Rossning xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlarning Jahon savdo tashkilotidan chiqishi haqida gapirishga hozircha erta.
Mavzuga oid
14:26 / 02.03.2026
YeI: Xominaiy o‘limidan keyin Eron xalqi uchun “yangi umid” paydo bo‘ldi
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
13:09 / 28.02.2026