Ispaniya sohillari yaqinida 500 muhojir qutqarib qolindi
Ispaniya sohillari yaqinida o‘tgan dam olish kunlari deyarli 500 muhojir qutqarib qolindi.
Shanba kunining o‘zida dengizda qutqarish xizmati dengizda bortida 240 muhojir bo‘lgan 12 ta qayiqni aniqlagan. Yana 100 kishi Fuqarolik gvardiyasi patrul katerlari tomonidan aniqlangan.
15 iyul, yakshanba soat 00.00dan soat 18.00gacha Gibraltar bo‘g‘ozida yana 6 ta qayiq topilgan.
Ispaniyaga muhojirlar oqimi oxirgi vaqtda ancha ko‘paygan. 1 yanvardan 11 iyulgacha O‘rta yer dengizi orqali Ispaniyagacha 16902 muhojir yetib olgan. Deyarli yana shuncha odam (16984 kishi) Italiyagacha yetib olgan.
Umuman olganda, yil boshidan Yevropaga (Italiya, Malta, Gretsiya, Ispaniya) 48629 muhojir yetib olgan. 1422 kishi yo‘lda halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:10
Tramp migrantlar «mushuk yeyishi» haqidagi yolg‘oni uchun sudga berildi
19:37 / 24.09.2024
Muhojirlardan himoyalanish uchun: Eron Afg‘oniston bilan chegarada devor qurmoqda
13:20 / 16.09.2024
Britaniyaga kirishga uringan 10 ga yaqin muhojir halok bo‘ldi
16:39 / 10.09.2024