Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: KXDRda 3 yil ichida ilk bor amnistiya o‘tkaziladi
Shimoliy Koreya KXDR tashkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan amnistiya o‘tkazadi. U 9 sentabrda nishonlanadi, deb xabar qilmoqda Koreya markaziy telegraf agentligi.
KXDR Oliy xalq kengashi prezidiumi "vatani va xalqiga qarshi jinoyat qilganlar"ni kechirish to‘g‘risidagi hujjatni tasdiqladi. U 1 avgustdan kuchga kiradi. Biroq ozodlikka chiqadigan mahbuslar soni haqida xabar qilinmagan.
Shimoliy Koreya so‘nggi marotaba 3 yil avval amnistiya aktini qo‘llagan edi. O‘shanda Koreya mehnat partiyasi tashkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan amnistiya hujjati qabul qilingandi. Bundan avval 2012 yili respublika asoschisi va birinchi rahbari Kim Ir Sen tavalludining 100 yilligi, uning o‘g‘li va vorisi Kim Chen Irning 70-yilligi munosabatlari bilan amnistiya e'lon qilingan edi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026