Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Biz do‘stlik va tinchlik istaymiz
© REUTERS / Grigory Dukor
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Xelsinkida kechgan uchrashuv yakunida chiqish qilar ekan, Qo‘shma Shtatlar «do‘stlik va hamkorlik» istashi haqida gapirgan.
«Biz do‘stlik, hamkorlik va tinchlik istaymiz», — degan Tramp matbuot anjumani vaqtida.
U kelgusida Rossiya prezidenti bilan tez-tez uchrashib turishiga va sammit chog‘ida hal etilmagan masalalar hal etilishiga ishonch bildirdi.
Tramp AQSh va Rossiya hamkorligi 2011 yildan buyon fuqarolik urushi girdobida yashayotgan Suriyada yuz minglab kishilar hayotini saqlab qolishi mumkinligini qayd etib o‘tgan.
Trampning aytishicha, Putin bilan muzokarlar chog‘ida Suriyadagi inqiroz masalalari ham muhokama etilgan, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik potensial jihatdan yuz minglab kishilar hayotini saqlab qolishi mumkin.
Donald Tramp Rossiya prezidenti bilan uchrashuvni «ochiq ruhda kechgan uchrashuv» deb atagan.
Mavzuga oid
14:31
Mers Putin bilan munosabatlar normallashishini «deyarli istisno etdi»
20:11 / 18.02.2026
Putin yana ikki yil urushishni rejalashtirmoqda – NYT
17:46 / 15.02.2026
Zelenskiy Putinda «ko‘p vaqt qolmagani»ni aytdi
21:33 / 13.02.2026