Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Tramp bilan uchrashuv yakunlari haqida so‘zlab berdi
Foto: Doug Mills/The New York Times
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvdan keyin tomonlar ko‘p sonli muammolarni hal qilishmaganini, biroq bu borada ilk muhim qadamni qo‘yishganini aytdi.
Tramp o‘z navbatida Putin bilan bugungi uchrashuv uzoq davom etadigan jarayonning boshi ekanligini aytgan. “Biz kelgusida ko‘proq uchrashib turishga kelishib oldik”, deb aytgan Tramp.
AQSh prezidentining ta'kidlashicha, Putin bilan muloqot ochiq va oshkora bo‘lgan. U Moskva va Vashington terrorchilikka qarshi kurash sohasida maxsus xizmatlar darajasida aloqalarni davom ettirishini tasdiqlagan va Putinga Rossiya hukumati AQShdagi saylovlarga aralashganini aytib o‘tgan. Putin bunga javoban “Rossiya buni qilmaganini va qilish istagi yo‘qligini” aytgan.
Putin AQSh Ukraina janubi-sharqidagi ixtilofni tartibga solish uchun Ukraina hukumati tomonidan Minsk kelishuvlari bajarilishini faolroq talab qilishi mumkinligiga e'tibor qaratgan.
Mavzuga oid
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
11:57 / 24.02.2026
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
13:38 / 20.02.2026