Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Putin bilan uchrashuvim NATO sammitidan ko‘ra yaxshiroq bo‘ldi
AQSh prezidenti Donald Tramp NATO sammitida ajoyib muzokaralar bo‘lganini, ammo Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi undan ham yaxshiroq bo‘lganini bildirdi.
«NATO bilan ajoyib uchrashuv o‘tkazib katta pul to‘plagan chog‘imda Vladimir Putin bilan undan-da yaxshiroq uchrashuv o‘tkazdim. Shunisi qayg‘uliki, bu haqda shunday deb yoza olishmaydi — fake news aqldan ozmoqda», — deb yozdi Tramp Twitter’da.
Avvalroq Tramp NATO yana kuchayayotganini e'tirof etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 16 iyul kuni Xelsinkida Rossiya va AQSh yetakchilari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Amerika prezidentining qayd etishicha, uchrashuv yakunlariga ko‘ra yaxshi xulosaga kelindi.
Amerika jamoatchiligi prezident bu uchrashuvda ishonchlarni oqlamaganidan norozi bo‘lmoqda.
Jurnalistlar Amerika yetakchisini Putin qarshisida ojiz qolganlikda ayblashmoqda.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026