Jahon | 18:40 / 19.07.2018
2201
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh falastinlik rasmiylarga viza berishni rad etdi

Foto: VosIzNeias

AQSh hukumati shu haftada Nyu-Yorkda o‘tkaziladigan yuqori darajadagi BMT uchrashuvida qatnashish uchun tashrif buyurchi olti nafar falastinlik rasmiylarga viza berishni rad etgan. Bu haqda Falastin elchisi xabar bergan.

Tashrifdan maqsad 2030 yilda BMT maqsadlarini Falastinda amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotini taqdim etish bo‘lgan. Falastin elchisi Riyoz Mansur bunday vaziyat yuzaga kelishida Isroil okkupatsiyasi sabab bo‘lganini va xalqaro tadbirga mezbonlik qilayotgan AQSh bilan bo‘lgan kelishuvlar buzilishga olib kelishi mumkinligini  aytmoqda. Elchi vatandoshlariga ruxsat berilishini talab qilmoqda. Riyoz Mansur Bosh Assembleya qo‘mitasiga ikki davlat o‘rtasidagi muammoni bartaraf etishni so‘rab norozilik xati jo‘natishni rejalashtirayotgani haqida axborot berdi. AQSh Missiyasi shikoyatni ko‘rib chiqishini aytdi.

AQSh va Falastin munosabatlari Donald Tramp boshqaruvi davrida ancha keskinlashdi, chunki bu paytda AQSh rahbari Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e'lon qildi va AQSh elchixonasini o‘sha yerga ko‘chirdi. Falastinliklar esa Sharqiy Falastinga mamlakat bosh shahri maqomini berishni istashadi.

Shu bilan bir qatorda, Tramp hukumati BMTning Falastindagi qochoqlar masalasi bilan shug‘ullanuvchi agentlik mablag‘larini qisqartirib yubordi. Natijada, agentlik ta'lim va sog‘liqni saqlash dasturlarini moliyalashtirishda qiyinchiliklarga uchramoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid