19:10 / 19.07.2018
13650

Spirtli ichimlik sababli jinoyat qilgan shaxsga hukm o‘qildi

Illyustrativ foto

2018 yil iyul oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanining “Buyuk Ipak yo‘li” mahallasida ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudya F. Turaxodjayev raisligida o‘tgan sud majlisida sudlanuvchi Shukurov Botir Choriyevichga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

B.Shukurov 2018 yilning 7 may kuni soat taxminan 02:50da, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Oltintepa 4-tor ko‘chasi, 41-uyda bo‘la turib, ushbu xonadon egasi Ziyatdinova Adeliya Xanifovna va Saricheva Yelena Lvovna bilan birga o‘tirib spirtli ichimliklar iste'mol qiladi. Oqibatda Ye.Saricheva bilan yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchilik natijasida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida uni tanasining turli sohalariga qo‘llari bilan va duch kelgan predmetlar bilan urib, oyoqlari bilan tepib, tan jarohatlari yetkazgan hamda ularni ajratishga uringan A.Ziyatdinova ham janjal oqibatida tan jarohati olgan.

Sud tomonidan B.Shukurov O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) va 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Shuningdek, JK 59-moddasiga asosan (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tayinlangan jazolarni to‘liq qo‘shish yo‘li bilan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqliligi tushuntirildi.

 

Top