O‘zbekiston | 10:00 / 19.07.2018
26227
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning yana 4 joyida radarlar o‘rnatildi

Toshkent shahar Yo‘l xavfsizligi boshqarmasi aynan qaysi hududlarda ko‘proq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganini aniqlab, u yerlarga tezlikni qayd etuvchi radarlar o‘rnatib bormoqdalar.

O‘zA xabariga ko‘ra, kechaToshkent avtomobil halqa yo‘lining to‘rt hududida radarlar o‘rnatildi. Ibn Sino mavzesi qarshisidagi Zangiota tumani «Chig‘atoy Oqtepa» MChJ (taxta bozor) yaqinida, «Gilamsaroy», «Maroqand» to‘yxonasi qarshisida, Toshkent halqa yo‘li yo‘l qurilish bo‘linmasida va Dehqonobod yo‘li kesishmasida (Yunusobod tumani) radarlar o‘rnatilgan.

Shuningdek, ibn Sino mavzesi yaqinidagi Toshkent halqa yo‘lining yaxshi yoritilmaganligi ham Toshkent yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli idoralarga xat yuborilgan.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

 

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid