Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Botanika muzeyi tashkil etiladi
O‘zbekistonda Botanika muzeyi tashkil etiladi va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi chop etiladi. Bu O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori»da ko‘rsatib berilgan.
Qaror o‘simliklarni o‘rganish sohasidagi ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, xalqaro standartlarni hisobga olgan holda noyob botanik kolleksiyalarni saqlash sharoitlarini yaxshilash, o‘simlik dunyosini o‘rganish, saqlab qolish va undan barqaror foydalanish bo‘yicha ixtisoslashgan vazifalarni jadal hal etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, institutning noyob ilmiy obekti «Markaziy gerbariy» milliy ahamiyatga ega gerbariy deb tan olinadi va unga «O‘zbekiston milliy gerbariysi» nomi beriladi.
Institutning ilmiy-tadqiqot va o‘quv-amaliy faoliyatidagi yutuqlarini ommalashtirish, shuningdek, keng jamoatchilikni O‘zbekistonning o‘ziga xos o‘simliklari xilma-xilligi bilan tanishtirish maqsadida Botanika muzeyi tashkil etiladi.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini tayyorlash, chop etish va yuritish tartibini tasdiqlashi ko‘rsatilgan.
Akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog‘i hududida Institut, Milliy gerbariy va Botanika muzeyini joylashtirish uchun yangi zamonaviy bino quriladi.
Mavzuga oid
10:21 / 13.05.2026
Surxondaryoda Qizil kitobdagi qushni ovlab, iste’mol qilganlar aniqlandi
14:39 / 06.05.2026
Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi
13:52 / 02.03.2025
Farg‘onada Qizil kitobga kiritilgan qushni noqonuniy saqlab kelgan fuqaro ushlandi
21:13 / 31.10.2024