Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida noqonuniy baliq ovlagan şaxs tabiatga katta miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Şahrisabz tumanida reyd ötkazilgan. Unda Hisor mahallasida yaşovçi Y.Q. noqonuniy ravişda Tanxoz daryosidan Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul baliği (forel) hamda 6 dona oddiy qorabaliq ovlagani aniqlangan.

Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 12 mlrd 749 mln sömdan ortiqni taşkil etgan.

Holat yuzasidan töplangan hujjatlar tegişli çora körilişini ta’minlaş maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Avvalroq Zangiota tumanida baliqlarni nobud qilgan korxonaga 92 mln söm kompensatsiya hisoblangandi.