Viloyat Ekologiya boşqarmasi ma’lumotiga köra, Jarqörğon tumani fuqarosi tanişlari bilan Termiz tumanidagi Uçköl massiviga borgan vaqtida ikki boş noyob quş ovlanib, iste’mol qilinganiga guvoh bölganini ma’lum qilgan.

Taqdim etilgan foto va videolarda bir neça fuqaroning jonsiz puşti saqoqquş bilan tuşgani aks etgan. Tekşiruv jarayonida ular bu holatni «şunçaki qiziqiş» bilan izohlagan.

Ekopolitsiya tomonidan olib borilgan örganişlarda uşbu fuqarolar ovçilik bilan şuğullanib kelgani va ularda ov qurollari mavjudligi aniqlangan. Qurollar vaqtinça saqlaş uçun içki işlar bölimi tomonidan olib qöyilgan.

Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, Qizil kitobga kiritilgan noyob quşning tabiatdan noqonuniy ajratib olinişi oqibatida hayvonot dunyosiga 206 million söm miqdorida zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan töplangan hujjatlar huquqiy baho beriş uçun prokuratura organlariga yuborilgan.