Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qayiqning cho‘kishi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
AQShning Missuri shtatida qayiqning ag‘darilib ketishi oqibatida 13 kishi, jumladan bolalar halok bo‘ldi. Bu haqda shtat politsiyasiga iqtibos keltirgan holda ABC News ma'lum qildi.
Stoun okrugi sherifining aytishicha, qayiq bortida 29 yo‘lovchi va ekipajning 2 a'zosi bo‘lgan. 7 kishi shifoxonaga yetkazilgan, 4 kishi bedarak yo‘qolgan.
Ta'kidlanishicha, qayiq kuchli po‘rtana vaqtida ag‘darilib ketgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp halokat qurbonlari va jabrlanuvchilar oilalari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Mavzuga oid
17:56
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026