Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Faollar Google algoritmlarini Trampga qarshi sozlamoqda
Buyuk Britaniyadagi faollar Google qidiruv tizimi algoritmlari ishiga ta'sir ko‘rsatishga urinmoqda. Shu tariqa, ular «ahmoq» so‘zi bo‘yicha qidiruv berilganida, qidiruv so‘rovi natijalari tasvirida AQSh prezidenti Donald Trampning fotosuratini chiqarishiga erishishmoqchi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.
Materialda ta'kidlanishicha, norozilik bildirayotganlar «ahmoq» so‘zini Tramp bilan bog‘lovchi maqolalarni e'lon qilmoqda, shuningdek, shunga o‘xshash boshqa maqolalarni tarqatyapti. Shu tariqa, Google algoritmi «ahmoq» so‘zi bo‘yicha so‘rov va Qo‘shma Shtatlar prezidenti fotosuratlari o‘rtasida yangi aloqalarni yaratmoqda.
Bunday manipulyatsiyalardan effekt 19 iyul kuni payqaldi, o‘shanda qidiruvdagi «ahmoq» so‘zi bo‘yicha so‘rovda Donald Trampning taxminan 10ta fotosurati chiqqan, deb yozmoqda Business Insider. Ayni damda norozilik bildirayotganlar bu tendensiyani saqlab qolishga urinmoqda.
Mavzuga oid
09:25 / 15.04.2026
Tramp: Eron bilan mojaro tugashiga oz qoldi
08:38 / 15.04.2026
Tramp Melonini Eron bo‘yicha pozitsiyasi uchun keskin tanqid qildi
00:33 / 13.04.2026
Britaniya Ho‘rmuz blokadasida qatnashishdan bosh tortdi – OAV
09:10 / 09.04.2026