Jahon | 18:43 / 20.07.2018
4990
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada noma'lum shaxs 14 kishiga pichoq bilan jarohat yetkazdi

Germaniyaning Lyubek shahrida pichoq bilan qurollangan shaxsning hujumi oqibatida kamida 14 kishi jarohat oldi. Bu haqda Lubecker Nachrichten xabar bermoqda.

Foto: Lubecker Nachrichten

Hozircha shaxsi aniqlanmagan jinoyatchining hujumi Lyubekdan Travemyundega qarab harakatlanayotgan avtobusda yuz berdi. Erkak ryukzakidan pichoq chiqargan va yo‘lovchilarga tashlangan. Voqea oqibatida ikki kishi og‘ir jarohat olgani, yana 12 inson u qadar jiddiy bo‘lmagan tarzda jabrlangani aytilmoqda.

Foto: Lubecker Nachrichten

Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari hujum qilgan shaxsni qo‘lga olishgani xabar qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid