Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tufayli jahon bozorida ko‘mir narxi tushib ketishi mumkin
Rambler/novosti
Keyingi yillarda Xitoy ekologik vaziyatni yaxshilash uchun metallurgiya, ko‘mir va energetika sohalarida islohotlar o‘tkazmoqda, deb yozadi «Vedomosti» gazetasi.
Qayd etilishicha, islohotlarning eng asosiy bandlaridan biri uy-joy kommunal xo‘jalik va energetika korxonalarining ko‘mirdan gazga o‘tishidir. Yaqinda Xitoyning 82 shahrida ko‘mirdan foydalanishni qisqartirish bo‘yicha uch yillik kengaytirilgan dastur tasdiqlandi. Gazprombankning iqtisodiy prognozlash markazi direktori Ayrat Xalikovning fikricha, ko‘mir iste'molini qisqartirish 2020-2021 yillarga kelib uning narxi sezilarli darajada tushishiga olib keladi.
Xitoyda ko‘mir qazib olish va undan foydalanish qisqartilishi haqida iqtisodchilar 2016 yilda ma'lum qilishgandi. Ular 2013-2014 yillarda ko‘mirdan foydalanish eng yuqori cho‘qqisiga chiqqani va o‘shandan buyon kamayib borayotganini qayd etishgandi.
Mavzuga oid
18:04 / 12.02.2026
O‘zbekiston 2025 yilda Tojikiston ko‘mirining deyarli barcha eksport hajmini sotib oldi
09:33 / 03.02.2026
Ko‘mir qazib olishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish rejalashtirilmoqda
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
21:14 / 02.02.2026