10:10 / 20.07.2018
7030

Pompeo Rossiya keyingi saylovlarga ham aralashishga urinishidan ogohlantirdi

© AP Photo / Andrew Harnik

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyaning kelgusida AQSh va boshqa g‘arb davlatlaridagi saylovlarga aralashishga urinishiga «ishonchi komilligi»ni aytdi.

«Ishonchim komilki, Rossiya 2017, 2018, 2019 yillarda va uzoq vaqt davomida g‘arb demokratiyasini parchalashga urinadi. Biz Amerika hukumatini boshqaramiz va ularning nafaqat bizning saylovlarga aralashuvi, balki keng ma'nodagi aralashuviga xalal berish uchun barcha ishlarni amalga oshirish bizning mas'uliyatimizga kiradi», — dedi Pompeo Fox News’ga bergan intervyusida.

Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga aralashuvi hamda prezident Donald Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqalari bo‘yicha ish maxsus mustaqil prokuror Robert Myuller hamda AQSh vakillar palatasi va kongressining razvedka bo‘yicha qo‘mitalari tomonidan olib borilmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov saylovlarga aralashuv haqidagi ayblovlarni «mutlaqo asossiz» deb atadi.

Mavzuga oid
Top