Jahon | 09:48 / 21.07.2018
2514
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainaga mudofaa uchun 200 mln dollar ajratadi 

Foto: Class Ryan Riley / Flickr

Ukrainaning AQShdagi elchixonasi Vashington Kiyevga 2018 yilda xavfsizlikni kuchaytirish uchun 200 mln dollar ajratishga qaror qilganini ma'lum qildi. Bu haqda elchixona Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilgan.     

“AQSh Ukrainaga xavfsizlikni kuchaytirish uchun 200 mln dollar ajratishga qaror qildi. Ushbu mablag‘lar davlatimizga harbiy texnika va qurol-yarog‘, harbiy maqsaddagi qurilmalar va xizmatlar, logistik ta'minot va Ukraina qurolli kuchlarini tayyorlash uchun taqdim qilinadi”, deb aytilgan xabarda.

Elchixonada qo‘shimcha qilinishicha, AQSh mudofaa vazirligining tegishli tuzilmalari Ukraina mudofaa tarmog‘iga harbiy texnika yetkazish va xizmatlar ko‘rsatishga shartnomalarni tuzish bo‘yicha jarayonni boshlashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid