Jahon | 15:29 / 21.07.2018
4629
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada yirik YTH, 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Meksikada yo‘lovchi mikroavtobusi va yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Sinxua» xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, avariya sabab yana olti kishi jarohat olgan.

Ta'kidlanishicha, YTH Mexiko-Pachuka trassasida yuz berdi, mikroavtobus haydovchisi yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasining orqa qismiga katta tezlikda kelib urilgan.

Ayni damda politsiya ro‘y bergan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid