Sport | 09:38 / 21.07.2018
16804
1 daqiqa o‘qiladi
Ronalduning «Forza Juve» izohli surati uning eng mashhur postiga aylandi
Krishtianu Ronalduning Instagram`dagi sahifasiga joylagan suratlari soni 2300 dan oshdi.
B/R Football ma'lumotiga qaraganda, portugaliyalik yulduzning 17 iyul kuni o‘z sahifasiga joylagan surati shu vaqtgacha yuklagan 2300 ta fotosi ichidan «Yoqdi» tugmasi eng ko‘p bosilgan suratga aylandi.
O‘ziga xos rekordni qayd etgan ushbu fotoda Ronaldu «Yuventus» libosida aks etgan va suratga «Forza Juve #FinoAllaFine» deya izoh qoldirgan.
Xabar yozilayotgan vaqtgacha surat tarmoqning 11 million 620 mingdan ziyod foydalanuvchisiga ma'qul kelgan, ya'ni shuncha odam unga «Yoqdi» deya munosabat bildirgan.
«Fino alla fine» italyanchadan «oxiriga qadar» degan ma'noni bildiradi.
Mavzuga oid
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024
Ronaldu - «Real»dagi faoliyati, Mbappe Madridga o‘tishi va Kroos faoliyatini yakunlagani haqida
19:43 / 02.09.2024