Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBB tadbirkor Jahongir Umarov kaltaklanganini rad etmoqda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan tadbirkor Jahongir Umarov kaltaklangani haqidagi ma'lumotni rad etdi.
IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, Asiaterra.info saytida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining Jahongir Umarovga nisbatan amalga oshirilgan noqonuniy harakatlari haqidagi ma'lumotlar paydo bo‘lgan.
«Bizning fikrcha, maqolada keltirilgan dalillar va xulosalar shoshilinch chiqarilgan. Xabar qilamizki, joriy yilning 22 yanvar kuni Umarov ishlaydigan ofisda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar chog‘ida, uning yonidan umumiy og‘irligi 10,22 gramm bo‘lgan «ko‘knor» giyohvandlik moddasi aniqlangan va musodara qilingan. Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochildi. Dastlabki tergov davomida Umarovning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi, 2-qismi, a-bandi bo‘yicha belgilandi. Qo‘lga olish chog‘ida erkakning tanasida gematomalar va tirnalgan izlar aniqlangan, bu qo‘lga olingan shaxsning hujjatli tushuntirish bilan tasdiqlanadi», - deyilgan xabarda.
Umarovning barcha dalillari sud organlari tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan IIBBdan.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026