O‘zbekiston | 10:49 / 21.07.2018
9733
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «C5+1» ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Foto: Sputnik

2018 yilning 23 iyul kuni Toshkent shahrida «Markaziy Osiyo davlatlari – AQSh» («C5+1») hamkorlik formatidagi Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSh vakillari mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va tajovuzkor ekstremizmga qarshi turishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.

Eslatib o‘tamiz, «Markaziy Osiyo davlatlari – AQSh» («C5+1») formati mintaqaviy masalalarning butun majmuasini muhokama qilishda hamda BMT ko‘magida tinchlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha birgalikda zamonaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun samarali platforma bo‘lishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid