Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Putin qachon yana o‘zaro uchrashishi mumkinligi aytildi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning umid qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Tramp AQShda kuzda uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda Putin va Tramp Vashingtonda kuz oylarida uchrashadigan bo‘lsa, «bu yaxshilikkadir».
Shuningdek, Pompeoning ta'kidlashicha, Putin va Tramp yangi uchrashuvni o‘tkazish niyatida ekanidan baxtli.
Pompeoning qayd etishicha, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muloqotlar «o‘ta muhim ahamiyatga ega».
Avvalroq, Tramp Putin bilan ikkinchi uchrashuvga tayyorgarlik olib borilayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Tramp Putin bilan munosabatlari qachon yomonlashishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026