Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Boko Haram» jangarilari Chadda 18 kishini o‘ldirdi
«Boko Haram» radikal terrorchi guruhining Chad g‘arbidagi qishloqlardan biriga amalga oshirgan hujumi natijasida 18 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda RIA Novosti. Voqea Niger chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda sodir bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, voqea 21 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Bosqinchilar 18 nafar kishini o‘ldirgan, 2 kishiga jarohat yetkazgan hamda 10 ayolni o‘g‘irlab ketgan.
Asosiy bazasi Nigeriya hududida bo‘lgan «Boko Haram» terrorchilik guruhi g‘arbcha ta'lim tizimini butkul rad etadi hamda butun mamlakat bo‘ylab shariatga asoslangan tuzum o‘rnatishga harakat qiladi. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning hisob-kitoblariga ko‘ra «Boko Haram» guruhining qurbonlari soni keyingi 8 yilda 20mingdan oshib ketdi.
Tashkilot Kamerun, Niger, Chad davlatlari tomonidan o‘ziga qarshi amalga oshirilgan harbiy amaliyotlarga javoban ko‘plab teraktlarni amalga oshirgan.
Mavzuga oid
09:55 / 23.11.2025
Nigeriyada jangarilar 300 dan ortiq bolani o‘g‘irlab ketdi
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
17:28 / 20.04.2021
Chadni 30 yildan ortiq boshqargan prezident halok bo‘ldi. U hokimiyatda 2033 yilgacha qolish uchun Konstitutsiyani o‘zgartirgandi
10:43 / 11.04.2021